date

AQSh kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘rib chiqadi

AQSh kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘rib chiqadi

AQSh kongressiga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi Ukrainada demokratiya va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Bu haqda hujjatning mualliflaridan biri Eliot Engelning sahifasida ma’lum qilindi.

"Rossiya tomonidan Qrimning bosib olinishi noqonuniydir. Bu biz haqida o‘z vaqtida o‘nlab yillarga cho‘zilib ketgan Boltiqbo‘yi davlatlarining sovet okkupasiyasiga qarshi chiqqanimizdek aniq aytishimiz kerak", deb STAND deb qisqacha nom olgan hujjat kiritilishiga izoh berdi Engel.

Qonun loyihasi sanksiyalarni qat’iylashtiradi, Qrimning Rossiyaga tegishliligining istalgan ko‘rinishda tan olinishini taqiqlaydi va "Magnitskiy akti"ning ta’sirini kengaytiradi. Bundan tashqari, unda Ukraina iqtisodiyotiga investisiyalar qo‘llab-quvvatlanishi va qo‘shni davlatlarda Rossiya tashviqotiga qarshi kurashish haqida ham aytilgan.

Hujjatda Qrimning Ukrainaga qaytarilishi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishi uchun etarli shart ekanligini ta’kidlab o‘tilgan. AQSh va G‘arbning bir qator davlatlari tomonidan 2014 yilda Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar energetika, mudofaa va moliya sohalariga qaratilgan. Sanksiyalar bir necha marta uzaytirilgan.

2014 yilda Rossiya sanksiyalarga javoban Evropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Avstraliya, Kanada va Norvegiyaga qarshi oziq-ovqat embargosi kiritgan. 2015 yil iyunda bu embargo muddati uzaytirilgan.

Ukraina tarkibiga kirgan Qrim va Sevastopol 2014 yil martidagi referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritilgan. Ukraina va G‘arb davlatlari xalqning bu qarorini tan olishdan bosh tortgan. Moskvada o‘z navbatida yarimorolning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi xalqaro huquqqa mosligi ta’kidlab o‘tilgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘rib chiqadi