07:00 / 22.10.2022
1 760

Qirg‘izistonning chegaraoldi hududida yashovchi fuqarolarning qurolga ega bo‘lishi osonlashdi

Qirg‘izistonning chegaraoldi hududida yashovchi fuqarolarning qurolga ega bo‘lishi osonlashdi
Qirg‘izistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradagi O‘sh va Batken viloyatlari aholisi soddalashtirilgan tartibda qurol olish huquqiga ega bo‘ldi. Shu mazmundagi qonun loyihasi mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilindi.

Deputatlar 20 oktabr kuni “Qirg‘iz Respublikasining mudofaaga doir ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi”, – deyiladi mamlakat parlamenti tarqatgan xabarda.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘tochar qurollardan foydalanish sohasini tartibga solishdan iborat. Ushbu qonun bilan chegaraoldi viloyat aholisining qurol, birinchi navbatda miltiq olib yurishiga qo‘yilgan cheklovlar amalda olib tashlandi.

Shuningdek, chegara yaqinidagi hududlar mudofaasi uchun chaqiriladigan zaxiradagi harbiylarga qo‘yilgan yosh chegarasi ham bekor qilindi. Xususan, ko‘ngillarilar 18 yoshdan jalb qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo