
Poytaxt Rotterdam va Gaaga shahrida "Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi" (PEGIDA) tashkiloti aksiya o‘tkazmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.
Xabarda aytilganidek, ikki hafta oldin PEGIDA ijtimoiy tarmoqlarda 22 oktabr, shanba kuni Rotterdamda va 23 oktabr, yakshanba kuni Gaagada Qur’on yoqib yubormoqchi ekanini e’lon qilgandi.
PEGIDA yetakchisi Edvin Vagensveldning Rotterdam shahrida hibsga olinishi bilan guruh tomonidan Qur’oni Karimni yoqib yuborishdek manfur ishiga barham berildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 14.00 da Rotterdam shahridagi markaziy vokzal oldida o‘tkazilishi rejalashtirilgan namoyishda PEGIDA juda kichik guruh bilan ishtirok etdi.
Politsiyaning jurnalistlarga aytishicha, PEGIDA a’zolari provakatsion so‘zlarni ishlatganliklari sababli politsiya tomonidan ogohlantirilgan.
Ogohlantirishlarga e’tibor bermay, uyatli so‘zlarni davom ettirgach, politsiya Vagensveldning qo‘lga olgan, keyin PEGIDA guruhining boshqa a’zolari ham hududdan chiqarib yuborilgan.
Irqchi guruhning ikki hafta oldin ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida e’lon qilgan xabarga ko‘ra, kecha Gaagada ham xuddi shunday namoyish o‘tkazilishi kerak edi. Ammo u yerdagi provakatsiya ham amalga oshmadi.
PEGIDA harakati
PEGIDA 2014 yilning 20 oktabr kuni Germaniyaning Drezden shahrida ilk aksiyasini o‘tkazdi va ijtimoiy tarmoq saytlari orqali 12 kishi tomonidan uyushtirilgani iddao qilingan ushbu aksiyada 350 kishi ishtirok etdi.
Namoyishchilar soni doimiy ravishda ortib bordi va 2015 yil yanvar oyi o‘rtalarida 25 mingga yetdi. Biroq, keyinchalik bu namoyishlarga qatnashuvchilar soni keskin kamayib ketgan.
PEGIDA Germaniyadan tashqarida va mamlakatning boshqa shaharlarida ksenofob guruhlarni ilhomlantirdi.
Bunday manfur harakatlar ikkiyuzlamachi yevropaliklar orasida birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q.
Shu yilning aprel oyida Shvetsiyaning Malmyo shahrida Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Stram Kurs” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qur’oni karim kitobini yoqib yuborgan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Ikki yil avval esa Belgiya hukumati Qur’oni karimni yoqmoqchi bo‘lgan daniyalik besh nafar ekstremistni deportatsiya qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar