
Foto: Royal Caribbean International
Royal Caribbean International kompaniyasi dunyodagi eng katta sayyohlik layneri — Icon of the Seas konseptini namoyish etdi.
Kema qurilishi boshlab yuborilgan. 2023 yilda suvga tushiriladi, 2024 yilda Karib dengizi bo‘ylab birinchi sayohatga jo‘naydi.
Bu suyultirilgan gazda ishlovchi jahondagi birinchi kema bo‘ladi.
Icon of the Seas sayyohlik kemasi 5 610 kishiga mo‘ljallangan 2 805 ta kayutadan iborat. Laynerning 18 ta palubasi bo‘ladi: ularda ko‘plab do‘konlar, basseynlar, jakuzilar, 40 ta restoran, akvapark, hatto favvorali konsert zaligacha bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar