06:00 / 26.10.2022
2 780

Rishi Sunak Britaniya bosh vaziri sifatida ilk bor Ukrainadagi urush haqida fikr bildirdi

Rishi Sunak Britaniya bosh vaziri sifatida ilk bor Ukrainadagi urush haqida fikr bildirdi
Foto: NBC News
Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak ushbu lavozimdagi o‘zining ilk chiqishida Ukrainadagi urush haqida gapirib o‘tdi.

O‘z nutqida u Rossiya Federatsiyasini koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari fonida butun dunyo bo‘ylab energiya bozorlari va ta’minot zanjirlarini beqarorlashtirganlikda aybladi.

«Putinning Ukrainadagi urushi butun dunyo bo‘ylab energiya bozorlari va ta’minot zanjirlarini beqarorlashtirdi. Oldingi hukumat xato qilgan. Men o‘z partiyam rahbari va bosh vazir etib, ularni tuzatish uchun saylandim», — dedi u.

Undan tashqari, Sunak o‘z nutqi videosi ostida «mamlakatimizni so‘z bilan emas, amal bilan birlashtiraman va sizlar uchun kun-u tun ishlayman» deya izoh qoldirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo