
Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotida avariyaviy holat yuzaga keldi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, FZ-1942 yo‘lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti Eron hududidan uchib o‘tayotganida operator squawk 7700 signalini bergan. Bu bortda avariya holati yuzaga kelganini anglatadi. Ekipaj belgilangan manzilga yaqin aeroport — Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo‘nishga qaror qilgan va samolyot soat 07:36 da muvafaqqiyatli qo‘ndirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar