date

Putin Uzoq Sharqda odamlarga erni bepul taqdim qilish haqidagi qonunni imzoladi

Putin Uzoq Sharqda odamlarga erni bepul taqdim qilish haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolariga Uzoq Sharq mintaqasidagi er maydonlaridan bepul foydalanishni taqdim qiluvchi qonunni imzoladi. Hujjat 2 mayda huquqiy axborot internet portalida chop etildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Endi har bir rossiyalik davlat yoki munisipal mulkchilikda bo‘lgan, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Kamchatka, Primore va Xabarovsk o‘lkalarida, Amur, Magadan va Saxalin viloyatlarida, Yahudiy avtonom viloyati yoki Chukotka avtonom okrugida joylashgan, bir gektardan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi er maydonidan 5 yil muddatga bepul foydalanish huquqidan foydalanishi mumkin.

5 yil tugagandan keyin maydonni ijaraga olish yoki sotib olish mumkin bo‘ladi. Foydalanishga olingan erni sotib olish-sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uni, shuningdek, ijaraga yoki xorijliklarga yoki ular ishtirokida yaratilgan kompaniyalar hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarga berib bo‘lmaydi.

Ushbu qonun rasman chop etilgandan boshlab kuchga kiradi.

Ushbu qonun loyihasi Putin topshirig‘i bilan ishlab chiqilgan. So‘rovnomalarga ko‘ra, Uzoq sharqliklarning 63 foizi erning bepul berilishi mintaqada turmush darajasini oshiradi, deb hisoblamoqdalar.

Mart boshida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi auksionlarda sotilmay qolib ketgan yog‘ochni aholiga bepul tarqatishni taklif qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin Uzoq Sharqda odamlarga erni bepul taqdim qilish haqidagi qonunni imzoladi