1 829
Yevropaning yana bir ikkiyuzlamachiligi yoxud Fransiyadagi musulmonlar terror tashkilotidan bezor

Strasburg shahridagi Yevropa Kengashi oldida ko‘p yillardan beri norozilik namoyishi o‘tkazayotgan PKK terror tashkiloti tarafdorlari bu o‘lkada yashayotgan musulmonlarni bezovta qilmoqda.
PKK terror tashkiloti a’zolari va ularga xayrixohlar Yevropa Kengashi binosidan 100 metr masofada yillardan beri norozilik namoyishini o‘tkazmoqda.
Terror tashkiloti ramzi bo‘lgan mato va terror tashkiloti yetakchisi Abdulloh O‘jalanning suratini ko‘tarib olgan PKK’chilar namoyishi 12 yildan beri to‘xtagani yo‘q.
Ba’zan Germaniya, Belgiya, Niderlandiya kabi Yevropaning boshqa davlatlaridan yoki Fransiyaning boshqa shaharlaridan kelgan terroristik tashkilotning yuzlab a’zolari Yevropa Kengashi sessiyalarida zo‘ravonlikka da’vat qiladi.
Yaqinda Yevropa Kengashi yoki uning yaqinidagi Yevropa Inson huquqlari mahkamasi binosiga bostirib kirishga harakat qilgan ko‘plab PKK a’zolari avval ham Strasburg politsiyasi bilan to‘qnashgan. Binolarga zarar yetkazgan PKK a’zolarining bir qismi qo‘lga olindi. Biroq shu kungacha bu harakatlari uchun PKK a’zolaridan hech biri qattiq jazolanmagan.
Fransiyada huquq, erkinlik va demokratiya sohalarida faoliyat yurituvchi Xalqaro Adolat, Tenglik va Tinchlik Kengashi rahbari Ali Gediko‘g‘liga ko‘ra, Strasburgda, ayniqsa Yevropa Kengashi oldida mashhur terror tashkiloti a’zolarining bu qadar erkin va bevoshligiga nisbatan chora ko‘rilmasligi judayam g‘alati, tushunarsiz holat.
"Uning deputatlar va qaror qabul qiluvchilarga ta’sir o‘tkazish uchun olib borayotgan bu kampaniyasi bizni bezovta qiladi. Biz bu tashvishni turli vaqtlarda kun tartibiga olib chiqdik", dedi u.
Gediko‘g‘li mazkur terror tashkilotining qilmishlari bilan Fransiya jamoatchiligini xabardor qilish uchun harakatda ekanini aytdi.
PKK’ning ISHID yoki Al-Qoidadan nima farqi bor?
"PKK’ning terror tashkiloti ekanligini, PKKning xuddi ISHID va Al-Qoida kabi oqlab bo‘lmaydigan terror tashkiloti ekanini, mamlakatda tinch aholi va begunohlarni o‘ldirayotganini isbotlab berdik, ammo foydasiz", dedi Gediko‘g‘li.
U PKK a’zolarining Yevropa Kengashi oldida namoyish o‘tkazish uchun gubernatorlikdan ruxsat olishlari shart emasligini ta’kidladi:
– Ariza bersangiz, “Yo‘laklar, chora ko‘riladigan joylar hokimlikniki”, deyishadi. “Hokimiyat bu borada hech qanday tashabbus ko‘rsatmaydi, buzg‘unchilik esa to‘xtamaydi. Hokimiyat himoyasi ostida bo‘lgani uchun terroristik tashkilot tarafdorlari g‘alamislikda davom etmoqda", deydi u.
“Yevropada terrorchilik tashkiloti faoliyati taqiqlanishi kerak”
Fransiyada yashovchi turklar Yevropa Ittifoqi terror tashkilotlari ro‘yxatida bo‘lgan RKKning har qanday faoliyati butun Yevropada taqiqlanishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Strasburgda joylashgan, inson huquqlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi Irqchilik va Islomofobiya Tadqiqoti nohukumat tashkiloti xodimi Gurhan Ay ham shunday fikrda.
U Strasburgda gubernatorlik va munitsipalitet oldida ko‘p marta mavzuni kun tartibiga olib chiqqanliklari, ammo natijaga erisha olmaganliklaridan shikoyat qildi.
"Bu, afsuski, Yevropaning ikkiyuzlamachi va ikkiyuzlamachi xatti-harakatlarining bir aksi. Bizda ko‘p yondashuvlar bo‘ldi. Lekin mahalliy ma’muriyatlar ham, gubernatorlik ham bunga aloqador. Ular hech qanday ehtiyot choralarini ko‘rmoqchi emaslar. Biz e’lon qiladigan inson huquqlari hisobotlarida bularga ishora qilamiz. Bu bilan bog‘liq turli tadqiqotlar va loyihalar ham o‘tkazamiz. Lekin quloqlari kar, ko‘zlari ko‘r bularning", dedi u.
Terror tashkiloti a’zolari qo‘y terichini yopinib olgan go‘yo
Bir necha yillardan beri Fransiyada jurnalistlik qilgan Zakariyo Shahin terror tashkilotining Strasburgdagi faoliyatini bilishini va Yevropa davlatlari RKK masalasida ikki xil standartlar qo‘llayotganliklarini bildirdi.
“Bir tomondan terror tashkiloti deydi, bu masalada Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. Lekin boshqa tomondan bularga qarshilik ham qilmaydi”, deydi Zakariyo Shahin.
RKK a’zolarining o‘ziga begunoh va qurbon bo‘lgan tashkilot qiyofasini berishga harakat qilganliklarini ifoda etgan Shahin "Aslida biz butun dunyoga ularning asl qiyofasin fosh qilyapmiz. Lekin ular qo‘yning terini yopinib olgan qashqirlar", dedi u.
Strasburg va Yevropa Kengashi jim
Onado‘li muxbirlari Strasburg gubernatoriga mavzu yuzasidan bergan savollariga javob ololmagan. Viloyat mutasaddilari jurnalistning savollariga 5 kun ichida javob berishini bildirgan bo‘lsa-da, haligacha sado yo‘q.
Xuddi shu kabi Yevropa Kengashi ham Onado‘lining savollariga javob bermaslikka qaror qildi. Nachora! Afsuski, Yevropa ikkiyuzlamachiligini yashirishgayam urinmaydi.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar