
Bayden ma’muriyati prezident Vladimir Putinni tinglab, Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi kerak, deb yozmoqda Washington Post sharhlovchisi Devid Ignatius.
"Rossiya va AQSH o‘rtasida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurati ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Lekin bu ikki davlat o‘rtasidagi halokatli ssenariyning oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak", dedi u.
Amerikalik jurnalist Oq uyni Putinning xabarini jiddiy qabul qilishga va unga javob berishga chaqirdi. Uning fikricha, Bayden Qo‘shma Shtatlar "Rossiyani yo‘q qilishga intilmasligini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojarodan qochishni xohlashini" ko‘rsatishi kerak.
Shuningdek, u Ukrainadagi mojaro arafasida Rossiya prezidenti G‘arbdan xavfsizlik kafolatlarini talab qilganini eslatdi.
"Diplomatlar bu muhokamani qayta boshlashlari kerak. Bayden raketalarni joylashtirishni cheklash, harbiy mashg‘ulotlar haqida ma’lumot almashish va vaziyatni keskinlashtirmaslik bo‘yicha takliflarni takrorlashi kerak", deydi kuzatuvchi.
Ukrainadagi mojaro “juda yomonroq” narsaga aylanib qolmasligi uchun muzokaralarni zudlik bilan boshlash kerak, deya xulosa qiladi maqola muallifi.
Kecha “Valday” munozara klubining yillik yig‘ilishida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Rossiya o‘zini G‘arb davlatlarining dushmani deb hisoblamaganini va hisoblamasligini, biroq ular, o‘z navbatida, Moskvani o‘z maqsadlariga erishish vositasiga aylantirmoqchi ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar