17:51 / 01.11.2022
2 074

AQSH harbiylari Ukrainadagi g‘arb qurollarini tekshirmoqda

AQSH harbiylari Ukrainadagi g‘arb qurollarini tekshirmoqda
Foto: AP
Pentagon Ukrainaga berilgan g‘arb qurollarini tekshirishni qayta boshlaganini e’lon qildi, ular keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin o‘tkazilgan. Ukrainaliklar g‘arb qurollari hisobi yuritilishini qo‘llab-quvvatlayapti.

Ayni paytda bir guruh amerikalik harbiy xizmatchilar Ukrainada bo‘lib, to‘liq miqyosli urush boshlanganidan beri bu mamlakatga o‘tkazilgan milliardlab dollarlik g‘arb qurollarini tekshirmoqda va hisobga olmoqda. Bu haqda 31 oktabr, dushanba kuni AQSH Mudofaa vazirligining yuqori martabali vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.

Missiyaga brigada generali Garrik Harmon boshchilik qilmoqda va tekshiruv AQSHning Kiyevdagi elchixonasiga qaytgan mudofaa hamkorligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida olib borilmoqda. «Bunday bir nechta tekshiruvlar avval ham bo‘lgan», - deya Pentagon vakili so‘zlarini keltiradi AQSHning NBC telekanali.

U, shuningdek, ukrainaliklar tekshiruvlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashini va ma’lumotlarni «juda shaffof» taqdim etayotganini ta’kidladi, biroq tekshiruvlar o‘tkaziladigan joylar haqida tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi. AQSH mudofaa rasmiysi ushbu tekshiruvlarda qancha amerikalik askar ishtirok etayotgani yoki ular front chizig‘iga qanchalik yaqin kelganiga aniqlik kiritmadi.

Tekshiruvlar g‘arb qurollarini nazorat qilish kampaniyasining bir qismidir.

Shunga o‘xshash tekshiruvlar urushdan oldin o‘tkazilgan, ammo u boshlanganidan keyin bir necha oy davomida to‘xtatilgan, deyiladi ma’lumotda. NBC ta’kidlashicha, amerikalik harbiy inspektorlar Rossiya bosqini boshlanganidan beri Ukrainaga rasman kirgan birinchi amerikalik harbiy xizmatchilardan biri hisoblanadi. Ularning ishi haqida Ukrainaga olib borilgan Amerika qurollarining qora bozorda paydo bo‘lganiga oid xavotirlar fonida ma’lum bo‘ldi.

O‘z navbatida, AP agentligining yozishicha, bu tekshiruvlar Kiyev bilan hamkorlikning kengroq uzoq muddatli reja bir qismi bo‘lib, u boshqa narsalar qatori g‘arb qurollaridan foydalanish ustidan birgalikda nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi. Kampaniya haqida o‘tgan hafta Davlat departamenti e’lon qilgan edi. Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlar Rossiya qo‘shinlari, ularning sheriklari va boshqa ekstremistik guruhlarga g‘arb qurollarining ehtimoliy tushib qolishi oldini olishga harakat qilmoqda, deya qayd etadi agentlik.

30 oktabr kuni Ukrainadan Finlandiyaga qurol-yarog‘ bilan bog‘liq mojara haqida ma’lum bo‘ldi. Xelsinki politsiyasi razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun Kiyevga yuborilgan qurollar Finlandiya jinoiy guruhlari qo‘liga tushib qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Gap, xususan, miltiqlar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, dedi politsiya bo‘limining jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha komissari Krister Ahlgren.

Unga ko‘ra, Ukrainaga mo‘ljallangan qurollar Shvetsiya, Daniya va Niderlandiyada ham topilgan. Yashirin qurol savdosi, shuningdek, uyushgan jinoyatchilikka aloqador xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi bayker klublari orqali ham amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo