
O‘zbekiston tarkibida uch karra Olimpiada chempioni va bir marta kumush medali sohibi bo‘lgan Artur Taymazov o‘z xohishi bilan Ukrainadagi urushga borishga qaror qildi.
Sobiq erkin kurashchi 2016 yildan beri Rossiya davlat dumasi deputati hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Artur Taymazovning 2008 va 2012 yillarda qo‘lga kiritgan Olimpiada oltin medallari keyinchalik erkin kurashchida doping aniqlangani bois bekor qilingan edi. Taymazov ikkita olimpiada oltin medali bekor qilingan yagona sportchi sanaladi.
Shuningdek, u 2000 yilgi Olimpiadada kumush medalni ham qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avval mashhur bokschi Nikolay Valuyev ham urushga chaqiriq qog‘ozi olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar