14:37 / 02.11.2022
1 930

Eron Saudiyaga hujum rejalashtirayotgani rostmi?

Eron Saudiyaga hujum rejalashtirayotgani rostmi?
Eronda bir nechta masjidlarning gumbaziga qasos qizil bayroqlari ko‘tarildi. “The Vall Street Journal” nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni Eron tomonidan rejalangan hujum haqida AQSH bilan razvedka ma’lumotlari almashdi.

Nashrga ko‘ra, BAA razvedkasi Eronning Saudiya Arabistoni, shuningdek, Iroq Kurdistonidagi Erbil shahriga hujumlar uyushtirmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad dunyoni Eronda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlaridan chalg‘itish, deyiladi nashr tomonidan tarqatilgan xabarda. Saudiya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum yaqin 48 soat ichida amalga oshiriladi.

Ogohlantirishga javoban Saudiya Arabistoni, AQSH va boshqa qator qo‘shni davlatlar o‘z qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi darajasini oshirgan.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi Eron qirollikka hujum qilsa, javob berishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Eron Rossiyaga mingga yaqin qurol-yarog‘, jumladan, qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalar va qo‘shimcha hujumchi dronlarini yuborishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, bungacha Tehrondan Moskvaga yetkazib berilgan qurollar partiyasi 450 ga yaqin uchuvchisiz samolyotlardan iborat bo‘lgan va Rossiya allaqachon ularni Ukraina hududidagi jangovar harakatlarga jalb qilgan.

Eslatib o‘tamiz, qizil bayroqlar oxirgi marta 2020 yilning yanvar oyida AQSH Qosim Sulaymonini o‘ldirganida ko‘tarilgandi hamda Eron Vashingtonning Erbil shahridagi qo‘shinlariga hujum qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo