date
views 1 202

Anushka Sharma yangi filmda hindistonlik mashhur kriketchini gavdalantiradi

Anushka Sharma yangi filmda hindistonlik mashhur kriketchini gavdalantiradi
Foto: «Yandeks.ru»
Bollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Anushka Sharma «Chakda Xpress» nomli sport haqidagi filmda suratga tushayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu aktrisaning bir muddat davom etgan tug‘ruq ta’tilidan keyingi ilk filmi. Anushka 2021 yilda qiz farzandli bo‘lgan edi.

Anushka Sharma ko‘p vaqtini Kalkuttadagi suratga olish maydonchasida o‘tkazdi, muxlislarga esa filmdagi ish tafsilotlarini oshkor qilmadi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning suratga olish maydonchasida sport kiyimida, qo‘lida kriket tayog‘ini ushlab turgani aks etgan suratlari tarqaldi. Aktrisa mashhur hind kriketchisi, kriket bo‘yicha milliy terma jamoaning sobiq sardori Julan Gosvamini gavdalantiradi.

«Anushka Sharma filmga tayyorgarlik uchun juda ko‘p mashq qildi», — deydi aktrisaning turmush o‘rtog‘i kriketchi Virat Koxli yaqinda hind ommaviy axborot vositalariga bergan intevyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab aktrisa uchun kriket o‘ynash qiyin bo‘lgan, biroq mashaqqatli mehnat va professional sportchilar bilan raqobat uning ajoyib natijaga erishishiga yordam berdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin ekanini tomoshabinlar 2017 yilda Julan Gosvami o‘zining intervyusida ilk marta e’lon qilgan film chiqqandan keyin bilib olishi mumkin.

Foto: «Yandeks.ru»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anushka Sharma yangi filmda hindistonlik mashhur kriketchini gavdalantiradi