
Xerson viloyatining qo‘shib olingan qismida joylashgan Skadovsk shahrida 56 yoshli mahalliy fuqaro Tatyana Mudrenko rossiyaparast politsiyachilar bilan to‘qnash kelgani uchun omma oldida qatl etildi.
Xabarga ko‘ra, Mudrenko hamshira bo‘lib ishlagan va Rossiya ishg‘oliga qarshi faol norozilik bildirgan. So‘nggi ziddiyatlardan biri oktabr boshida yuz bergan, o‘shanda u ukrainalik politsiyachilarga Rossiya harbiylari bilan hamkorlik qilayotgani uchun tanbeh bergan va «Skadovsk — bu Ukraina!» — deb qichqirgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p o‘tmay ayol va uning turmush o‘rtog‘i hibsga olingan. 15 oktabr kuni Chernayaga singlisi vafot etgani haqida xabar berilgan.
Qo‘shnilari da’vo qilishicha, Mudrenkoning «og‘ziga nimadir tomizib», so‘ng sud binosi oldiga osishgan. Orexov ozod etilgan, uning bir qo‘li singan, tanasida esa do‘pposlash izlari bo‘lgan. Mudrenkoning dafn marosimidan keyin u yana g‘oyib bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar