
Rossiya Qurolli kuchlari Kupyansk yo‘nalishida 140 dan ortiq ukrainalik jangarini yo‘q qildi, deb xabar qildi Rossiya mudofaa vazirligi.
Ukraina QK sutka davomida Kupyansk yo‘nalishida 140 dan ortiq odam va 3 ta tankni yo‘qotdi. Shuningdek, Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukraina QK Xerson viloyatidagi Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalariga hujum qildi, barcha hujumlar qaytarildi.
Rossiya qiruvchi samolyotlari Nikolayev viloyatidagi Velikoaleksandrovka tumanida Ukraina HHKning MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina QKning Krasnolimansk yo‘nalishidagi hujumlarini bartaraf etib, 60 dan ortiq ukrainalik harbiylarni yo‘q qildi.
Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Ukrainaning Mi-8 vertolyotini, 9ta dronni urib tushirdi, shuningdek, 27 ta HIMARS snaryadlarini tutib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar