
Rossiya muqaddas zamin va unda yashovchi xalq uchun «o‘layotgan dunyo»ga qarshi kurashmoqda, deb yozgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev telegramdagi kanalida.
«Rossiya ulkan va boy davlat. Bizga begona hududlar kerak emas, bizda hamma narsa mo‘l-ko‘l. Lekin u yerda biz uchun muqaddas bo‘lgan, ajdodlarimiz yashagan va bugungi kunda xalqimiz yashayotgan yerimiz bor. Uni hech kimga bermaymiz, xalqimizni himoya qilamiz” deb yozgan sobiq prezident.
Dushman haqida gapirar ekan, Medvedev Rossiya “undan nafratlanganlar, til, qadriyatlar va hatto e’tiqodini taqiqlovchi, Vatanimiz tarixiga nafratni tarqatayotganlarga” qarshi kurashayotganini ta’kidladi.
“Bugun o‘layotgan dunyoning bir qismi bizga qarshi”, deydi u.
“Shuning uchun bizning ishimiz haq", deya qo‘shimcha qilgan Medvedev.
Avvalroq Medvedev DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari abadiy Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirganini, Moskva bu hududlarni yirtib tashlashga yo‘l qo‘ymasligini va ularning aholisini himoya qilishini aytgandi. U, shuningdek, Mnangagva va Zimbabve rasmiylariga Ukrainadagi mojaroni hal qilish va Rossiyaning yangi hududlarida o‘tkazilgan referendumlar masalasidagi mas’uliyatli pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirgan.
Bungacha Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi hududlarni Rossiya xavfsizlik tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlanganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, yangi hududlar ham iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tizimlarga kirish jarayonida.
23-27 sentyabr kunlari DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiya tarkibiga qo‘shish masalasi bo‘yicha referendumlar o‘tkazildi. Ovoz berishda ishtirok etgan hududlar aholisi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Hududlarni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlar 30 sentyabr kuni Kremlda imzolandi. To‘rtta yangi hududning integratsiyalashuvi jarayoni 2026 yil 1 yanvargacha davom etadi.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, 2019 yilning 20 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yillik «to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa» bo‘lib o‘tgan, unda u fuqarolarning, jumladan, Ukrainaga oid savollariga javob bergan edi.
Putin o‘shanda Ukraina sharqidagi urush haqida gapirib: «Bizni Donbassni okkupatsiya qilishimiz mumkinligida ayblashmoqda. Bu mutlaqo safsata, yolg‘on!», deb aytgan edi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham 2021 yilning 23 dekabr kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish niyati yo‘qligiga ishora qilib, da’vo qilingan hujum haqidagi spekulyatsiyalarni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atagan edi. U, Rossiya hech bir davlatga tahdid solmaydi, degan edi.
Biroq...

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar