
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp «muhim bayonot» bermoqchi. U ushbu tadbirni 15 noyabr kuni Mar-a-Lagodagi (Florida) qarorgohida belgilagan. Bu haqda siyosatchi Ogayodagi tarafdorlariga ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
AQSHda oraliq saylovlar 8 noyabrga belgilangan. Respublikachilar partiyasi AQSH Kongressining ikkala palatasida ham ko‘pchilikni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Tramp bu holatni «mamlakatni qutqarish» deb atadi. Avvalroq, Tramp 2024 yilgi saylovlarda qatnashishini istisno qilmasligini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar