07:27 / 11.11.2022
5 077

Bloomberg: Putinda Ukrainadagi urush uchun variantlar tugayapti

Bloomberg: Putinda Ukrainadagi urush uchun variantlar tugayapti
Foto: Alexey Nikolsky/AFP/Getty Images
Bu haftada boʻlib oʻtgan ikki voqea Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida duch kelayotgan qiyinchiliklarini ifodaladi.

Rossiya qoʻshinlariga Xersondan chekinishga buyruq berish - bu jang maydonida katta muvaffaqiyatsizlik. Shuningdek, Putinning Indoneziyadagi G20 sammitiga bormaslik haqidagi qarori uning diplomatik ta'sirining pasayib borayotganidan dalolat beradi, deb yozdi Bloomberg.

Nashr Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukrainadagi Rossiya armiyasi qoʻmondoni Sergey Surovikin chekinish haqida e'lon qilganida, Putin hozir boʻlmaganiga e'tibor qaratdi. Kreml Putinni Xerson viloyati va Ukrainaning boshqa hududlarini abadiy anneksiya qilish istagiga zid boʻlgan magʻlubiyatlar bilan bogʻlamoqchi emas.

Shuningdek, Putin G20 a'zolari etakchilarining urushga qarshi keskin tanqidiga duchor boʻlishi mumkin, bu esa sammitda qatnashishni ahamiyatsiz qiladi.

Putin diplomatik yordam olish uchun Xitoy rahbari Si Jinping yoki Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga murojaat qilishi mumkin.

Ammo ikkala davlat ham oʻtgan hafta Putinga norozilik signallarini yubordi: Si yadro qurolidan har qanday foydalanish oqibatlaridan ogohlantirdi, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniyam Jayshankar esa urush oqibatida kelib chiqayotgan oziq-ovqat va energetika inqirozlaridan rivojlanayotgan mamlakatlar aziyat chekayotganini aytdi.

Kreml rahbari mamlakatda va xorijda tobora kuchayib borayotgan qiyinchiliklarga duch kelayotganiga qaramay, taslim boʻlishiga yoki sulh soʻrashiga hozircha hech qanday alomat yoʻq. Biroq, uning manyovr qilish maydoni torayib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo