AQShda samolyotning suvburgut bilan to‘qnashishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

AQSh fuqarolik aviasiyasining samolyoti va oq boshli suvburgut (orlan) to‘qnashishi oqibatida insonlar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri TASS axborot agentligining ma’lumotiga iqtibos keltirgan holda.
Cessna 172 samolyoti 20 aprelda Alyaska shtatidagi Ankorij shahri yaqinida erga qulagan edi. Falokat oqibatida samolyot bortidagi 4 kishi halok bo‘lgandi. Guvohlarning aytishicha, bu mamlakat tarixida havo kemasining suvburgut bilan to‘qanishishi oqibatida isonlar halok bo‘lgan birinchi holatdir.
Ta’kidlanishicha, AQShda avval ham bu qush bilan samolyotlarning to‘qnashishi holatlari yuz bergan, biroq bunday noxush voqealar faqatgina jiddiy jarohatlarga olib kelgandi, ularda insonlar halok bo‘lmagandi.
Mutaxassislarning aytishicha, falokat joyida qushning patlari topilgan. Aynan shu holat falokat sabablarini o‘rnatishga imkon bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing