11:25 / 14.11.2022
1 166

Turkiyada novvoylar kasaba uyushmasi rahbari hibsga olindi

Turkiyada novvoylar kasaba uyushmasi rahbari hibsga olindi
Turkiyada non ishlab chiqaruvchilar kasaba uyushmasi raisi hibsga olingan. U turk millatini nonxo‘r deb haqorat qilganlikda ayblanmoqda. Gap shundaki, Jihan Kolivar Haberturk telekanalida non narxining ko‘tarilishiga izoh bergan.

Nonni ahmoq jamiyat asosiy oziq-ovqat sifatida qabul qiladi. Ilmiy nuqtai nazardan, aholi jon boshiga non iste’moli Turkiyada yiliga 210 kilogramm, Shvetsiya, Daniya, Angliya, Yaponiyada 45-50 kilogrammni tashkil qiladi. Bizda non ozuqa sifatida birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Yigirma yildan beri hukumat shu jamiyatni boshqaradi", degan Kolivar.

Ta’kidlanishicha, bu so‘zlari uchun u endi sudga tortiladi. So‘nggi oylarda Turkiyada non va boshqa zarur mahsulotlar juda qimmatlashdi. Masalan, Istanbulda non narxi yil davomida 150 foizga oshdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo