20:14 / 14.11.2022
1 344

Jo Bayden va Si Szinpinning Balidagi uchrashuvi boshlandi

Jo Bayden va Si Szinpinning Balidagi uchrashuvi boshlandi
AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpinning G20 sammiti doirasida Indoneziyaning Bali orolidagi uchrashuvi boshlandi.

Liderlar AQSh va Xitoy oʻrtasidagi aloqa kanallarini saqlab qolish va kengaytirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladi.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi raqobat va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

AQSh va Xitoy rahbarlari jahon hamjamiyatiga taalluqli xalqaro muammolarni hal qilish mavzusiga ham toʻxtaladilar.

Shuningdek, Anadolu nashrining iddaosicha, uchrashuv chogʻida Bayden Vashingtonga bir qator masalalar yuzasidan murojaat ham qiladi. Xabar qilinishicha, gap Tayvan, Xitoy rasmiylari tomonidan inson huquqlari buzilishi va Xitoyning «zararli iqtisodiy amaliyotlari» haqida ketmoqda.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, etakchilar xalqaro mavzularni, jumladan, Rossiya-Ukraina urushini ham muhokama qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo