date
views 1 672

Falastin prezidenti: «Isroil mening erimni va yurtimni bosib olmoqda»

Фаластин президенти: «Исроил менинг eримни ва юртимни босиб олмоқда»
Foto: AFP
Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tinchlik oʻrnatishdan manfaatdor boʻlmasa ham, u bilan muzokara oʻtkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda Israel National News xabar berdi.

Abbosning ma'lum qilishicha, u Netanyaxuni 1990 yildan beri biladi. Prezident Isroil bosh vaziri tinchlikka ishonmasligi, lekin u bilan muomala qilishdan boshqa iloji yoʻqligini bildirdi.

«Isroil bilan muammo bor, Isroil mening erimni va yurtimni bosib olmoqda. Men Isroil bosh vaziri bilan muloqot qilishga majburman», — deya qoʻshimcha qildi Abbos.

Falastin rahbari bir necha bor Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish boʻyicha xalqaro konferentsiya oʻtkazishni talab qilgan. 2020 yil sentyabr oyida Falastin xalqaro konferentsiyani oʻtkazish uchun taxminiy diplomatik harakatlarni boshlaganini bildirdi, ammo bu harakatlar natijasida hali hech narsa amalga oshmadi. Tomonlar oʻrtasidagi tinchlik muzokaralari 2014 yildan beri toʻxtab qolgan.

13 noyabr kuni Iordaniya qiroli Abdulla II Isroil ishgʻoliga barham berish va 1967 yil 4 iyundagi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishga chaqirgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Falastin prezidenti: «Isroil mening erimni va yurtimni bosib olmoqda»