
Sergey Narishkin va Uilyam Byorns
AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns Rossiya razvedkasi rahbari Sergey Narishkin bilan Turkiyada uchrashdi.
«Amerika Ovozi» jurnalisti Ostap Yarish so‘zlariga ko‘ra, ma’lumot Oq uy tomonidan rasman tasdiqlandi.
Uchrashuvda Vashington, xususan, Rossiyani Ukrainada yadro qurolidan foydalanish oqibatlaridan ogohlantirdi.
AQSH Milliy xavfsizlik kengashi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda urushni hal qilish masalasi muhokama etilmagan.
21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlikni e’lon etish bilan birga G‘arbga yadroviy qurol bilan tahdid qilgan edi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar, agar Putin shunday qarorga kelsa, «halokatli oqibatlar» bilan tahdid qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar