Amazon asoschisi o‘z boyligining katta qismini xayriya qilmoqchiligini ma’lum qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish1K
Amazon asoschisi o‘z boyligining katta qismini xayriya qilmoqchiligini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Amazon asoschisi Jeff Bezos boyligining katta qismini xayriya ishlariga berish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Biznesmenning boyligi 124 milliard dollarga baholanmoqda, u Forbes global ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda. 2021 yilgi reytingda u dunyodagi eng boy biznesmen bo‘lgan edi.

U sarflashni rejalashtirayotgan kapitalning aniq ulushini va pulni oluvchilarni ro‘yxati haqida axborot berishdan bosh tortdi.

Bezosning ta’kidlashicha, u tirikligida pul xayriya qilish niyatida, bu mablag‘ vasiyat sifatida ajratilmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bezos yana ikki milliarder, Microsoft asoschisi Bill Geyts va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet tomonidan tashkil etilgan The Giving Pledge dasturiga qo‘shilmagani uchun tanqid qilingan.

Bezos o‘zining Bezos Earth Fund xayriya jamg‘armasiga ega bo‘lib, tadbirkor 10 yil davomida 10 milliard dollar xayriya qilgan, bu uning hozirgi boyligining qariyb 8 foizini tashkil etadi.

Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott 2019 yilda The Giving Pledge’ga qo‘shilgan edi. Endi u Forbes Real-Time ayollar reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi, uning boyligi 29,8 milliard dollarga baholanmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?