18:05 / 15.11.2022
1 266

Zelenskiy Ukrainadagi urushni tugatishning 10 ta shartini aytdi

Zelenskiy Ukrainadagi urushni tugatishning 10 ta shartini aytdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 noyabr kuni Indoneziyaning Bali orolidagi G20 sammitida Ukrainadagi urushni tugatish uchun 10 shartni sanab o‘tdi.

Prezident sammitda onlayn ishtirok etib, Ukraina uchun tinchlik formulasi haqida gapirdi. U quyidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oladi.

1. Ukrainaning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligini ta’minlash;
2. Ukrainaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
3. Mamlakatning energetika xavfsizligini ta’minlash;
4. Barcha mahbuslarni va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish;
5. BMT nizomini amalga oshirish va Ukrainaning hududiy yaxlitligini hamda dunyo tartibini tiklash;
6. Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish;
7. Adolatning qaytishi;
8. Ekotsidga qarshi kurash;
9. Eskalatsiyaning oldini olish;
10. Urushning tugashiga erishish.

Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini tasdiqlashi, o‘z qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketishi, shuningdek, urushdan yetkazilgan zararni qoplashi kerak. Prezident «urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasining asosiy elementlarini mustahkamlash» va Rossiyaning yangi hujumining oldini olish maqsadida xalqaro konferensiya tashkil etishga chaqirdi.

«Urushga qarshi barcha choralar joriy etilganda tomonlar urush tugashi haqidagi hujjatni imzolashi kerak. Biz Rossiyani kutishiga, u kuchlarini to‘plashiga, keyin esa terror va global beqarorlikning yangi seriyasini boshlashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Kelishuvdan keyin Rossiya qarshi chiqadigan 'Minsk-3' bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.

Ma’lumot uchun, Indoneziyaning Bali orolida bugun, 15 noyabr kuni G20 (Katta yigirmatalik) davlat rahbarlarining yillik sammiti ochildi. G20 tarkibiga Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kiradi. Sammitda G20 yetakchilaridan tashqari, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus, FIFA prezidenti Janni Infantino, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibi Mattias Kormann ham ishtirok etdi.

G20 sammitida Argentina prezidentining sog‘lig‘i yomonlashdi. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sammitda BMT sayyoradagi xaos (tartibsizlik, alg‘ov-dalg‘ovlik)ni eplay olmagani va muammolarni hal qila olmaganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo