23:45 / 15.11.2022
2 928

Ukraina urush boshlanganidan buyon bugungidek raketa hujumiga uchramagandi

Ukraina urush boshlanganidan buyon bugungidek raketa hujumiga uchramagandi
Infografika: RTVI
Bugun, 15 noyabr kuni Ukrainaning qator shaharlariga Rossiya tomonidan raketa zarbalari berildi. Oqibatda Ukrainaning ayrim viloyatlarida elektr ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga keldi.

Qaysi hududlar raketa zarbalariga uchragani va elektr tokisiz qolgani — RTVI taqdim etgan yuqoridagi infografikada.

Ukraina urush boshlanganidan buyon bugungidek raketa hujumiga uchramagandi. Ukraina energetika vaziri German Galushchenko feysbukdagi sahifasida shunday yozdi.

«Bu hujum nafaqat Ukraina, balki bizning qo‘shnilarimizning ham energiya tizimlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — ta’kidladi vazir.

Prezident Vladimir Zelenskiy bugun Ukrainaga 85 marotaba raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi. Ular asosan energiya infratuzilmasini nishonga olgan. U qo‘shimcha qilishicha, yana 20 ta raketa zarbasi berilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo