21:55 / 17.11.2022
1 911

Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumonlangan ayol ko‘rsatma berdi

Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumonlangan ayol ko‘rsatma berdi
Foto: Istanbul politsiya boshqarmasi
Istanbulda 13 noyabr kuni yuz bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan suriyalik ayol, Ahlam Albashir, ko‘rsatma berdi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Ayolning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Istiqlol ko‘chasidagi portlash vaqtida yolg‘iz bo‘lmagan va portlatish uchun buyruq olgan. Ahlam Albashir ko‘chadagi o‘rindiqda o‘tirgan payti Kurdiston Ishchilar partiyasining boshqa bir a’zosi, Hoji kodli terrorchi, kelib uni suratga olgani, so‘ng unga bombani portlatib yuborishi buyurganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, portlashdan so‘ng Ahlam Albashir taksida ketmoqchi bo‘lgan, biroq u qo‘lga olingan. Ayol Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) bilan aloqasi borligini tan olgan. Hozirda hujumga aloqadorlikda gumon qilinganlar soni allaqachon 50 kishidan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Istanbulning markaziy Beyog‘lu tumanidagi piyodalar uchun mo‘ljallangan Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi. Mamlakat rasmiylari hodisani terakt sifatida baholadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbulda yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo