
Foto: Getty Images/NurPhoto
Ukraina NATO davlatlari bilan hamkorlikda yangi mudofaa korxonalari tashkil etilishini e’lon qildi.
«Ukraina NATO harbiy-sanoat kompleksiga integratsiyalashmoqda. «Ukroboronprom» Alyansga a’zo bo‘lgan kamida olti davlat bilan birgalikda og‘ir qurollar va harbiy texnikani loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi», — deyiladi Ukraina davlat harbiy konserni «Ukroboronprom» bayonotida.
Gap Polsha, Chexiya, Fransiya va Daniya kabi davlatlar haqida bormoqda. Yana ikkita bitim haqidagi ma’lumotlar maxfiylashtirilgan.
«Biz qo‘shma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, o‘q-dori ishlab chiqarish liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnikalar va ko‘plab raketa tizimlarini ishlab chiqaramiz. Yangi, yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda ishlab chiqaramiz. Buning uchun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratiladigan quvvatlardan ham foydalanamiz», — deb qo‘shimcha qildi konsern.
Avvalroq, «Ukroboronprom» 122 mm va 152 mm kalibrga ega o‘q-dorilar, shuningdek, 120 mm kalibrga ega minalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi. O‘q dorilar NATO texnologiyasi asosida ishlab chiqarilmoqda va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar