12:34 / 19.11.2022
1 383

Putin Qatar amiri bilan muhim masalalarni muhokama qildi

Putin Qatar amiri bilan muhim masalalarni muhokama qildi
Kecha, 18 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikki davlat rahbari har tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, investitsiya va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalarni yanada amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Muloqot davomida, ular jahon gaz bozorida barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashdi hamda investitsiya va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalarni yanada amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan.

Putin Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni 20 noyabr kuni jahon chempionati boshlanishi bilan tabrikladi. Qatar amiri Rossiya tomoni jahon chempionati tajribasini faol o‘rtoqlashayotgani uchun Putinga minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo