
Foto: Dunyo
18 noyabr — O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingani 31 yilligi munosabati bilan Istanbul shahridagi Fotih Sulton Mehmet ko‘prigi mamlakat bayrog‘i ranglariga burkandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramay, vatandoshlar o‘z oilalari bilan ushbu onlarni bevosita guvohi bo‘lish uchun kelgani aytiladi.
«Fotih Sulton Mehmet» ko‘prigining mamlakat bayrog‘i tusiga kirishi jarayoni mahalliy OAV va faol vatandoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritildi, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar