
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ta’kidlashicha, yangi qit’alararo ballistik raketa (MBR) “Xvason-17” sinovi Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidlarga munosib javob berishga tayyorligidan dalolat beradi.
Sinovni shaxsan o‘zi boshqargan Kim Chen Inning aytishicha, KXDR yadro kuchlari har qanday yadroviy tahdidni muvafaqiyatli oldini olishi mumkinligini tasdiqladi.
Xabarda aytilishicha, Juma kuni uchirilgan Xvason-17 raketasi 999,2 kilometr masofani bosib o‘tgan, parvozning maksimal balandligi 6 ming 40,9 kilometr bo‘lgan va 4 135 soniya (taxminan 69 minut) davom etgan.
Avvalroq, “Renxap” agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, raketaning uchish tezligi 22 “Max”ga yetganini xabar qilgan edi.
"Shimoliy Koreya ballistik raketani ishga tushirgani nafaqat Koreya yarim orolida, balki xalqaro hamjamiyatda tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadigan jiddiy provokatsiya va jiddiy tahdiddir va BMT xavfsizlik Kengashi qarorlarining aniq buzilishi hisoblanadi", dedi Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
Associated Press (AR) xabarida ushbu raketa uchirilishi "AQSH tomoniga yadroviy zarba berish qobiliyatini ko‘rsatdi"deb ta’kidlandi.
Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Choi Son Xi shu hafta agar Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy ittifoqchilar oldida "kengaytirilgan cheklash" majburiyatini kuchaytirsa, kattaroq harbiy harakatlarni amalga oshirishi haqida ogohlantirdi.
Kengaytirilgan cheklash - AQSHning o‘z ittifoqchilarini himoya qilish uchun yadroviy va oddiy harbiy imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga bergan va’dasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar