06:00 / 21.11.2022
1 145

Zelenskiy: Rossiya qisqa muddatli yarashuvga harakat qilyapti

Zelenskiy: Rossiya qisqa muddatli yarashuvga harakat qilyapti
Ukraina prezidenti Moskvaning bundan ko‘zlagan maqsadini ma’lum qildi.

Rossiya tinchlikka emas, qisqa muddatli yarashuvga intilmoqda. Vladimir Zelenskiyning fikricha, bundan ko‘zlangan maqsad qo‘shinlarning biroz muddat tin olishini ta’minlashdan iborat.

RF rasmiylari bir necha bor hech qanday oldindan shartlarsiz muzokaralarni boshlashga tayyorligini aytgandi.

«Rossiya biroz xordiq chiqarish uchun qisqa muddatli yarashuvga intilyapti. Kimdir buni urushning yakuni deyishi mumkin, ammo bu kabi tanaffuslar vaziyatni yanada yomonlashtiradi», – degan Ukraina rahbari.

Janob Zelenskiyning fikricha, haqiqiy va uzoq muddatli tinchlikka faqatgina Rossiya agressiyasiga to‘liq barham berilgandagina erishish mumkin.

Bundan oldin Vashington Kiyevning o‘zi tinchlik muzokaralari boshlashi mumkinligini, bu borada unga hech qanday bosim o‘tkazilmasligini ma’lum qilgandi. AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Milli hafta oshida ukrainaliklar jang maydonida katta muvaffaqiyatga erishganini, ammo ruslar hamon mamlakat hududining 20 foizini nazorat qilayotganini aytgandi. General ukrain armiyasi rossiyaliklarni yaqin orada siqib chiqarishiga shubha bildirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo