
Foto: AFP
Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilingan Xarkov, Donesk va Xerson viloyatlari hududlarida so‘nggi ikki oy ichida 700 dan ortiq ukrainalikning jasadi topildi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, halok bo‘lganlarning 90 foizi tinch aholi vakillari sanaladi.
«Hududlarda ukrainaliklar noqonuniy hibsga olingan va qiynoqqa solingan 20 ta joy aniqlandi», — deydi Bosh prokuror.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joylarning aksariyati Xarkov viloyatidan topilgan.
«Biz hammamiz Izyumdagi ommaviy qabrlar joyini eslaymiz. Xarkov viloyatining deyarli har bir shahrida, har bir qishlog‘ida Ukrainaning tinch aholi vakillari halok bo‘lgan joylarni topdik. Xerson viloyatida ham xuddi shunday holatni ko‘ryapmiz. Har kuni biz yangi maʼlumotlarga ega bo‘lyapmiz», — deydi Kostin.
Ukraina Bosh prokurori 18 noyabr holatiga ko‘ra, Ukrainada 433 nafar bola halok bo‘lgani, 837 nafardan ortig‘i turli og‘irlikdagi jarohatlar olganini eʼlon qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar