date
views 2 871

Tahlilchi dollarning keskin oshishi xavfidan ogohlantirdi

Tahlilchi dollarning keskin oshishi xavfidan ogohlantirdi
Rossiyaning «Sovkombank»i bosh tahlilchisi Mixail Vasilev «Praym» agentligi bilan suhbatda geosiyosiy vaziyatning yomonlashishi dollar kursining kuchayishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, ayrim tahlilchilar geosiyosiy qarama-qarshiliklar, rekord darajadagi inflyatsiya va mamlakatlar Markaziy banklari tomonidan stavkalarning tez o‘sishi fonida global retsessiyani bashorat qilmoqdalar.

Natijada, Vasilev ta’kidlaganidek, investorlar dollarga o‘tishni boshlaydilar.

Shuningdek, bunday holat energiya narxining pasayishiga olib keladi va bu valyuta kursini bir AQSH dollari uchun 70 rublgacha oshishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassis mablag‘larning bir qismini Xitoy yuani, BAA dirhami, Gonkong dollari saqlashni tavsiya qildi. Global dunyoda ushbu valyutalarning keskin o‘zgarish xavfi kam.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tahlilchi dollarning keskin oshishi xavfidan ogohlantirdi