08:14 / 27.11.2022
1 131

Amerikaliklar «Qora juma»da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi

Amerikaliklar «Qora juma»da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Foto: CNBC
Bu yil shukronalik kunidan keyin «Qora juma» kuni AQSHdagi iste’molchilar onlayn xaridlarga 9,12 milliard dollar sarfladi, bu rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni umumiy onlayn-sotuvlar yiliga 2,3 foizga oshgan, ayniqsa elektronika sohasida: ushbu mahsulotlarning onlayn-sotuvlari oktabr oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 221 foizga ko‘paygan.

Yana bir ommabop toifadagi sotuvlar o‘yinchoqlarga tegishli bo‘lib, ularda 285 foizlik o‘sish qayd etilgan. Fitnes jihozlari savdosi ham 218 foizga oshgan.

Biroq, ko‘plab xaridorlar narxlarning oshishi va inflyatsiya tufayli bo‘lib-bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilgan.

Ushbu to‘lov sxemasidagi xaridlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 78 foizga oshgan. Telekanalning ta’kidlashicha, bu yil ham smartfonlarga o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq buyurtma berilgan — 44 foizga nisbatan 48 foiz.

Moody's ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH uy xo‘jaliklari o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha oyiga 433 dollarga ko‘p mablag‘ sarflamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo