
Har yili AQSH butun dunyoda demokratiyani “qo‘llab-quvvatlash" milliardlab dollar mablag‘ ajratadi. Xo‘sh ushbu pullarning qanchasi MDH uchun ajratilmoqda va ular nimalarga sarflanmoqda?
“Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash” – AQSHning o‘z manfaatlarini butun dunyoda ilgari surish mexanizmlaridan biri. Har yili USAID agentligiga milliard dollarlar ajratiladi. Uning vazifasi aynan shu maqsadlar uchun grantlar ajratish.
Mablag‘ning kattagina qismi sobiq SSSR mamlakatlariga sarflanadi
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan ushbu “qo‘llab -quvvatlash” ko‘paydi. So‘nggi ikki yilda USAID ushbu mamlakatlarga 250 mln $ ajratdi.
Xo‘sh, ushbu pullar nimalarga sarflandi?
Gruziyada:
15 mln $ - “Gender masalalarini” hisobga olgan holda “kelajakni tarbiyalash” dasturi.
250 ming $ - “kerakli” o‘qituvchilarni tayyorlash.
Armanistonda:
120 mln $ -Armanistonda demokratiya bo‘yicha hamkorlik.
4 mln $ -Armaniston axborot maydonini mustahkamlash.
Moldovada:
50 mln $ - Moldovada tarkibiy islohotlarni rag‘batlantirish,
mamlakatning g‘arbparast yo‘nalishini ta’minlash va Moldova ommaviy axborot vositalarida Rossiyaga qarshi ritorikani qo‘llab-quvvatlash.
Qozog‘istonda:
200 ming $ - jamiyatning “dezinformatsiya”ga chidamliligini qo‘llab-quvvatlash, “demokratik institutlar” va Qozog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirish.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoning Rossiya bozorlari va eksport yo‘nalishlaridan qaramligini kamaytirish uchun yana 34 million $ ajratildi. Dastur Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistonda olib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar