Foto: lb.ua
Ukrainaning Vengriya, Niderlandiya, Polsha, Xorvatiya, Italiya va Avstriyadagi elchixonalariga, shuningdek, Neapol, Krakov va Brnodagi konsulliklariga hayvonlarning ko‘zi solingan qonli paketlar jo‘natilgan. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi spikeri Oleg Nikolenko ma’lum qildi.
«Ispaniyadagi teraktdan keyin Ukrainaning Vengriya, Niderlandiya, Polsha, Xorvatiya, Italiya va Avstriyadagi elchixonalariga, shuningdek, Neapol, Krakov va Brnodagi konsulliklarga hayvonlar ko‘zi solingan qonli paketlar jo‘natildi. Biz bu jo‘natmalarning maqsadini o‘rganyapmiz.
Elchining Vatikandagi kvartirasiga kirish joyida vandalizm akti sodir qilindi. Qozog‘istondagi elchixona minalashtirilgani haqida xabar berildi, keyinchalik bu tasdiqlanmadi. Qo‘shma Shtatlardagi elchixonaga Ukraina haqidagi tanqidiy maqolaning nusxasi keldi. Boshqa konvertlar singari, bu xat ham Yevropaning bir davlati hududidan jo‘natilgan», — dedi Nikolenko.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina elchixonalari va konsulliklarini terror qilish va qo‘rqitishning yaxshi rejalashtirilgan kampaniyasi. Ukrainaning barcha elchixonalari va konsulliklari kuchaytirilgan xavfsizlik choralari rejimiga o‘tkazildi, dedi vazir.
30 noyabr kuni Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasiga bomba solingan paket jo‘natilgan va uni ochishga uringan xodim portlash oqibatida jarohat olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi