1 606
Urushning 284-kuni: Baxmutda halok bo‘lgan askarlar va yerto‘lada yashayotgan odamlar (foto)

Urushning 284-kuni. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari «Gruzin legioni»ning olti nafar harbiysi Baxmut uchun janglar vaqtida halok bo‘ldi. Baxmut yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar hujumini qaytarmoqda, bu yo‘nalishda asosan «Vagner» jangchilari harakatlanmoqda;
- Amerika razvedkasi hisoblashicha, Rossiya o‘q-dorilarini ishlab chiqarilayotganidan tezroq sarflamoqda;
- AQSH razvedkasi Ukrainada harbiy harakatlar sur’ati pasayishini kutmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti esa aksincha, qish kelishi bilan Ukraina sharqida yurish amaliyotlari kuchayishini prognoz qilmoqda;
- Dneprning chap sohiliga ham Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqdagi video Ukraina qurolli kuchlarining «Karlson» nomli maxsus bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan;
- Kursk va Belgorod oblastlari gubernatorlari chegaradagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Regionlar rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan;
- Ukraina qurolli kuchlari Ukraina pravoslav cherkovining Rossiya tajovuzini qo‘llab-quvvatlagan vakillariga sanksiya qo‘lladi.
Quyida 4 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kun kadri. Baxmutda halok bo‘lgan ukrain askarlari
Harbiy shifokorlar Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi janglarda halok bo‘lgan ikki ukrain jangchisi jasadini frontdagi dala hospitaliga o‘tkazishga tayyorlamoqda. Asosan «Vagner» guruhi yollanma jangchilaridan iborat Rossiya qo‘shini shaharga yurish qilishda davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lmoqda va rossiyaliklar katta yo‘qotishlarga uchramoqda.
Bundan tashqari, RBK Ukraina nashri Bosh shtab va Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutiga asoslanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Baxmut hududida rossiyalik harbiylar Ukraina tomonida turib jang qilgan olti nafar gruzin harbiysini o‘ldirishgan.

Chris McGrath / Getty Images
Baxmutliklarning yerto‘ladagi hayoti

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut atrofidagi posyolkalardan birida yong‘in
Ivanovskoye posyolkasidagi uylardan birida yashovchilarning ehtiyotsizligi tufayli yong‘in chiqqan.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ozod etilgan Xerson manzaralari

Shahar rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in. «Ukrainskaya pravda» Xerson shahar kengashi va oblast harbiy ma’muriyatiga asoslanib xabar berishicha, so‘nggi ikki haftada Xersonda rossiyaliklarning zarbalari oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, 39 kishi yaralangan. Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylari Ingules daryosidan ponton ko‘prik orqali o‘tmoqda. Noyabr oyi boshida Xerson oblastidan chekinish chog‘ida rossiyalik harbiylar bir qancha ko‘priklarni, jumladan Ingules orqali o‘tgan Darevskiy ko‘prigi hamda Tyaginka orqali o‘tgan ko‘prikni portlatishgan. Ikki daryo ham — Dneprning o‘ng irmoqlari sanaladi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Xersonda «yengilmas punkt»lardan birida aholiga dori-darmon tarqatayotgan ko‘ngillilar. Palatkalar, shuningdek ma’muriy binolar, bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa jamoat joylarida maxsus jihozlangan xonalar shunday ataladi. Bunday nuqtalarda ukrainlar isinishi va elektrdan foydalanishi mumkin. Butun Ukraina bo‘ylab yuzlab «yengilmas punkt»lar ishlamoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Visokoye qishlog‘ida yashovchi Marina Semenyuk o‘z uyi oldida. Noyabrda, RF armiyasi Xerson oblastidan chekinishidan oldin Marinaning eri Nikolay rossiyalik harbiylar tomonidan yaralangan va zo‘rlik bilan Qrimga olib ketilgan. Visokoye Xersondan 50 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi cherkovda chiroq yorug‘idagi ibodat

Kiyevdagi Preobrajenskoye soborida elektrni rejali o‘chirish chog‘ida sham yorug‘ida ibodat o‘tkazayotgan rohib
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Preobrajenskoye soborida ikona ostida o‘tirgan bola
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar