
Foto: Videodan kadr
Turkiya parlamentida deputatlar davlat budjeti muhokamasi chog‘ida mushtlashdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, deputatlardan biri boshidan jarohat olib kasalxonaga olib ketilgan.


«Budjet muhokamalarining ikkinchi kunida parlament umumiy yig‘ilishida keskinlik yuzaga keldi. Deputatlar o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv mojaroga aylanib ketdi. 'Iyi' ('Yaxshi' partiyasi) a’zosi Husayn Ors mushtlashuv vaqtida boshidan jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi», deyiladi xabarda.

Foto: Hurriyet

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishga raislik qilgan parlament vitse-spikeri Haydar Akar mazkur bahsdan so‘ng yig‘ilishni 10 daqiqaga to‘xtatgan.


Eslatib o‘tamiz, Senegal parlamentida muxolifat vakili hukmron koalitsiyaning ayol deputatiga tarsaki tushirgandi. Mazkur hodisa mamlakat budjetini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yuz bergan.
Turkiya ParlamentDeputatlar MushtlashuviDavlat BudjetiMuxolifat VakiliYig‘ilish To‘xtatilishiJarohat Olishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar