17:27 / 07.12.2022
3 527

Ukraina Qozog‘iston hududidan Rossiya aerodromlariga dronlar uchirgani aytilmoqda

Ukraina Qozog‘iston hududidan Rossiya aerodromlariga dronlar uchirgani aytilmoqda
Rossiya ommaviy axborot vositalarida Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli dronlar Qozog‘iston hududidan uchirilgani haqida xabar tarqaldi. Respublika Mudofaa vazirligi mazkur xabarni rad etdi.

«Moskovskiy komsomoles» nashrida Rossiya harbiy aerodromlariga davom etayotgan hujumlar haqida maqola e’lon qilindi. Unda 6 dekabr kuni Rossiyaning Saratov va Ryazan viloyatlaridagi aerodromlariga dronlar uchirilgani xabar qilinadi. Maqolada rossiyalik zenit-raketa qo‘shinlarining sobiq boshlig‘i, iste’fodagi polkovnik Sergey Xatilev dronlar Qozog‘iston hududidan uchirilganini taxmin qilgan.

«Menda hamkasblarimning hali tasdiqlanmagan ma’lumotlari bor, unga ko‘ra uchuvchisiz uchish apparatlari Qozog‘istonga olib kelingan bo‘lishi mumkin. Aynan shu yerdan dronlar uchirilgan. Bu haqiqatga ko‘proq yaqin», — degan Xatilev.

Uning ta’kidlashicha, dronlar Ukrainadan uchirilgan bo‘lishi mumkin emas, chunki ular Rossiya havo mudofaasi tizimlari bilan bir necha bor to‘qnashgan bo‘lar edi.

«Qozog‘istonning eng yaqin nuqtasidan Saratov yaqinida joylashgan Engels aerodromigacha bor-yo‘g‘i 150 kilometr», — degan Xatilev.

Ryazan viloyatigacha taxminan 600 kilometr, lekin dronlarni Rossiyadan ham uchirsa bo‘ladi. Xatilevga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi bo‘linma yonidan uchib ketayotgan apparatni to‘sib qo‘yishi juda qiyin.

«Bu yerdan S-400 droni deyarli ko‘rinmaydi», — deya xulosa qilgan ekspert.

O‘z navbatida, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirib, ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

- 'Moskovskiy komsomoles' nashrida Qozog‘istondan Rossiya aerodromlariga dronlar uchirilgani haqidagi bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlaymizki, ushbu uchuvchisiz uchish qurilmalaridan hech qachon Qozog‘iston Qurolli kuchlarida foydalanilmagan, — deya izoh berdi vazirlik.

Shu bilan birga, Respublika Mudofaa vazirligi provokatsiyalarga berilmaslik va faqat rasmiy ma’lumotlarga ishonishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qozog‘iston hududidan Rossiya aerodromlariga dronlar uchirgani aytilmoqda