
Foto: «RIA Novosti»
Moskvaning Meshchanskiy sudi muxolifatchi siyosatchi Ilya Yashinni Rossiya armiyasi haqida «soxta» xabar tarqatishda ayblab, sakkiz yarim yilga koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi. Bu haqda «Mediazona» xabar berdi.
Jazo muddati tugagach, unga to‘rt yil davomida internetdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yashin aprel oyida Bucha shahri Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, tinch aholi o‘ldirilgani haqida gapirgandi. Ayblovga ko‘ra, siyosatchi Rossiya «tinchlik va xavfsizlikni saqlash» choralarini ko‘rayotganini «bilgan» bo‘lsa-da, «siyosiy nafrat asosida bilib turib yolg‘on ma’lumot» tarqatgan. Yashin iyul o‘rtalarida «soxta» xabar bo‘yicha qo‘lga olingan.
Muxolifatchi sudda aybini tan olmagan, u Buchadagi qotilliklar bo‘yicha Ukraina pozitsiyasini, Rossiya Mudofaa vazirligi pozitsiyasini hamda mustaqil jurnalistlarning xabarlarini keltirgan. Siyosatchi Ukrainada urush boshlanganidan keyin ochiqchasiga urushga qarshi pozitsiyani bildirgan va Rossiyani tark etishdan bosh tortgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar