date 00:14 / 10.12.2022
views 2 423

Qirgʻiziston prezidenti ming dollarlik poyabzalda koʻrinish berdi

Qirgʻiziston prezidenti ming dollarlik poyabzalda koʻrinish berdi
Foto: RIA Novosti
Sadir Japarov EOII davlatlari rahbarlarini kutib olishda qimmatbaho tufli kiygani muhokamalarga sabab boʻldi.

Bishkekda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) Oliy kengashining yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirdan oldin Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov EOII davlatlari rahbarlarini kutib oldi. Uning qizil taglikka ega tuflida chiqqani muhokamalarga sabab boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlarning qirgʻiz segmenti foydalanuvchilari poyabzal Frantsiyaning Christian Louboutin brendiga tegishli boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Moskva Markaziy univermagida bunday tufli 72 ming rublga (yoki $1150) sotilmoqda.

Qirgʻiziston prezidenti moda tendentsiyalarini kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi. 2022 yil fevral oyida Sadir Japarov Italiya brendiga mansub qimmatbaho kurtkada Bishkek bozorlarini aylanib chiqqan edi. 2020 yilda uning 3 ming dollarlik jileti ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi.

Avgust oyida davlat rahbarining kardigani shov-shuvga sabab boʻldi. Bunday kiyim Moskvadagi Markaziy univermagda 5 ming dollarga sotiladi. Oktyabr oyida Japarov Qulonak GES qurilish maydoniga ramziy tamal toshini qoʻyish tadbirida qiymati 15 ming dollar turadigan kurtka kiygan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo