
Kamboja / Foto: Getty Images
Sayohat uchun mamlakatni tanlash ko‘p jihatdan xavfsizlik darajasiga bog‘liq. The Swiftest kompaniyasining tadqiqot guruhi turli mamlakatlarning xavfsizlik parametrlarini tahlil qilib, «Sayohat xavfsizligi indeksini» tuzdi.
«Sayohat xavfsizligi indeksi» quyidagi omillar asosida hisoblab chiqilgan: qotilliklar soni, yo‘l-transport hodisalarida o‘limning taxminiy darajasi, qasddan bo‘lmagan zaharlanish bilan bog‘liq o‘lim darajasi, sanitariya, xavfsiz suv va tegishli gigiyena yo‘qligi bilan bog‘liq o‘lim darajasi, yuqumli kasalliklar, nogironlik bilan bog‘liq jarohatlar, tabiiy ofatlar xavfi.
Shu asosda eng xavfsiz 10 ta davlat ro‘yxatini Singapur boshqarmoqda. Bu mamlakatda qotillik, yo‘l-transport hodisalari yoki tabiiy ofatlar xavfi deyarli yo‘q. Singapurda jinoyatchilik darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Politsiya nazorati yuqori darajada va jinoyatlar uchun jazolar qattiq.
Eng xavfsiz 10 ta davlat:
- Singapur
- Daniya
- Niderlandiya
- Shveysariya
- Isroil
- Shvetsiya
- Avstriya
- Irlandiya
- Italiya
- Germaniya
Eng xavfli davlatlar:
- Janubiy Afrika
- Hindiston
- Dominika Respublikasi
- Meksika
- Braziliya
- Kamboja
- Filippin
- Saudiya Arabistoni
- Vetnam
- Indoneziya “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar