18:18 / 10.12.2022
910

Drezdenda qurollangan shaxs bir guruh odamlarni garovga oldi

Drezdenda qurollangan shaxs bir guruh odamlarni garovga oldi
Drezdenda yopib qo‘yilgan ko‘cha
Foto: AP Photo

Germaniyaning Drezden shahrida qurollangan erkak 70 yoshli ayolni otib tashladi, so‘ng Radio Dresden radiostansiyasiga bostirib kirishga urindi, deb xabar bermoqda Bild.

Erkak asosiy kirish darvozasi yonidagi yong‘inga qarshi eshikka qarata o‘q uzgan, ammo datchikka tekkizdira olmagan. Radio xodimlari xavfsiz joyga yashirinib olishga muvaffaq bo‘lgan va politsiya chaqirgan.

Politsiya voqea joyiga yetib kelgach, hujum qilgan shaxs mashinaga o‘tirib, shahar markaziga qarab ketgan. U yerda Altmarkt-Galerie savdo markaziga kirib, dorixonaga bekingan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, erkak bir necha kishini garovga olgan.

Politsiyachilar shahar markazini qurshab olib, Shtritselmarket Rojdestvo bozorchasini yopib qo‘ygan. U yerda transport harakati ham cheklangan.

Voqea joyida maxsus operatsiya olib borilmoqda.

Politsiya gumonlanuvchi bilan telefon orqali muloqot qilayotgani xabar berildi. U radioga hujum qilishdan avval o‘zining 62 yoshli onasini o‘ldirgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Drezdenda qurollangan shaxs bir guruh odamlarni garovga oldi