22:16 / 11.12.2022
1 725

Ukrainada urushning 290-kuni: Baxmutdagi vayrongarchiliklar va shahar mudofaasidagi askarlar (foto)

Ukrainada urushning 290-kuni: Baxmutdagi vayrongarchiliklar va shahar mudofaasidagi askarlar (foto)
Ukrainada urushning 290-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
  • NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi urush Rossiya va alyans o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylanishidan xavfsiramoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOdagilar har kuni bunday ehtimoldan qochish ustida ishlamoqda.
  • Times nashriga ko‘ra, Ukraina hududlari yoppasiga o‘qqa tutilishi davom etayotgani sababli AQSH endi Kiyevni Rossiyadagi nishonlarga zarba berishdan qaytarishga urinmayapti. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Vashington endi bunday zarbalar mojaro eskalatsiyasiga olib kelishidan qayg‘urmay qo‘ygan.
  • Osloda 2022 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi — mukofot Rossiya, Belarus va Ukrainadan bo‘lgan huquq himoyachilariga berildi.
  • Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 11 dekabrga o‘tar kechasi mamlakat janubida rossiyaliklarning dronlari hujumi kuzatilgan. 15 drondan 10 tasi urib tushirilgan. Hujum oqibatida Odessa oblasti va Xerson shahridagi minglab kishilar toksiz qolishgan.
  • Dnepropetrovsk oblastida tungi zarbalar oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.

Quyida 10 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi vayrongarchiliklar va shahar uchun qaqshatqich janglar

Baxmut — Rossiya armiyasining Donbassdagi harbiy harakatlaridagi muhim yo‘nalish. Iyul oyidan buyon RF qo‘shinlari shaharga taxminan 10 kilometr masofada ilgarilagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida gapira turib, Baxmut butunlay yakson etilganini aytgan. Shaharning ayni vaqtdagi ko‘rinishi quyidagi suratlarda:

O‘zining vayron bo‘lgan uyi oldida turgan baxmutliklar
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA


Mahalliy aholi gumanitar yordam evaziga kun kechirmoqda
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA


Qutqaruvchi va uning Skabey laqabli iti boshpanadagi pechka oldida isinmoqda. O‘t o‘chirish xizmatlari va qutqaruvchilar otishmalar ostida ishni davom ettirishmoqda — texnikalar yetib boradigan hududlarda yong‘inlar bartaraf etilmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Vayronaga aylangan ko‘chalar bo‘ylab ketayotgan tinch aholi vakillari
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA


Yarador ukrain harbiylari olib kelinayotgan shahar shifoxonasi hovlisidagi zambillar
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Shahar hospitalida yarador ukrain askariga yordam ko‘rsatayotgan shifokor
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Boshpanada hordiq chiqarayotgan ukrain harbiylari
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA


Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning 24-brigadasi artilleriyachilari Baxmut atrofidagi front chizig‘idagi pozitsiyada o‘ziyurar 2S1 «Gvozdika» gaubitsasiga o‘q-dori yuklamoqda. Foto: Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina armiyasining Donbass frontidagi harbiy xizmatchilari
Di​ego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Rossiya harbiylari zarbasidan keyin turar joy binosidagi yong‘in
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA


Baxmutning yuqoridan ko‘rinishi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA


«Rossiya armiyasi kuygan xarobalarga aylantirgan Donbassning yana bir shahri», — degan Baxmut haqida ukrainlar prezidenti Volodimir Zelenskiy odatdagi tungi videomurojaatida.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Izyum atrofida qolgan rossiyaliklarning jasadlari

Xarkiv oblastining Izyum shahri 1 aprel kuni to‘lig‘icha Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. Ukraina armiyasi shaharni faqat sentyabr oyiga kelib ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. Izyumda ham Ukrainaning Rossiya istilosini boshdan kechirgan boshqa shaharlaridagi kabi ommaviy qabrlar aniqlangan. Ulardan biridan — tinch aholi vakillari bo‘lgan kamida 445 kishining jasadi chiqqan (ular orasida bolalar ham bor) va Ukraina harbiylari ko‘milgan bitta birodarlik qabri topilgan. Ukraina hukumatiga ko‘ra, qurbonlarning ko‘pchilik qismi jasadida qiynoq alomatlari aniqlangan. Ayrimlarni o‘lim oldidan uzoq vaqt davomida qiynoqqa solishgan.

Izyum atrofida, dalalar va shaharga olib boruvchi yo‘llarda rossiyalik harbiylarning jasadlari ham qolgan. Ularni ukrain ko‘ngillilari yig‘ib chiqishmoqda. Quyidagi ushbu jarayon aks etgan fotosuratlar 6 dekabr kuni olingan.

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

10 dekabrga o‘tar kechasi Donetsk o‘qqa tutilgan. «DXR» rasmiylari bayonotiga ko‘ra, Ukraina tomoni shaharning Voroshilov rayoni bo‘ylab «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan 20 ta raketa uchirgan. Xabar qilinishicha, kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Donetsk iqtisodiyot va savdo milliy universitetining otishmalar natijasida vayron bo‘lgan yo‘lagidagi holat
Valentin Sprinchak / TASS


Favqulodda xizmatlar xodimlari otishmalardan shikastlangan universitet binosini ko‘zdan kechirmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Donetsk aholisi vakillari «Lokomotiv» sport majmuasida zarba oqibatlarini bartaraf etmoqda
Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA


Zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan binodagi olovni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo