11:21 / 12.12.2022
2 092

Putinning yo‘g‘on ichagini shoshilinch operatsiya qilish kerak — Daily Star

Putinning yo‘g‘on ichagini shoshilinch operatsiya qilish kerak — Daily Star
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir hafta oldin zinadan yiqilib tushgani sababli «tezda uning yo‘g‘on ichagini operatsiya qilish kerak». Bu haqda Kremldagi noma’lum manbalarga tayanib, Daily Star xabar berdi.

Avvalroq 70 yoshli prezident uyida zinadan yiqilib, qattiq jarohat olgani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, jarohat kutilganidan ancha jiddiyroq bo‘lgan, shuning uchun endi uning yo‘g‘on ichagini shoshilinch operatsiya qilish kerak.

«O‘tgan hafta zinadan qulash e’tibordan chetda qolmadi va ko‘karish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan yangi muammolarni keltirib chiqardi», — deydi manba.

Putinning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlar bir necha oydan beri tarqalib kelmoqda. Kremldagi insayderlarga tayanib, Rossiya prezidenti uzoq vaqt davomida saraton kasalligidan aziyat chekayotgani va shu sababli u ovqat hazm qilishda jiddiy muammolarga duch kelgani, shuning uchun u parhezga rioya qilishga majbur bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Bundan tashqari, u yo‘tal, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, qorin og‘rig‘i va doimiy ko‘ngil aynishi, shuningdek, Parkinson kasalligi va shizoaffektiv buzilish belgilari bilan og‘rigani aytiladi.

Biroq Putinda yuqoridagi kasalliklar borligi haqida ishonchli dalil yo‘q. Mish-mishlarda Putin bilan birga barcha sayohatlarda bir guruh tibbiyot mutaxassislari, shu jumladan onkologik kasalliklar bo‘yicha ekspertlar hamrohlik qilishi aytiladi. Rossiya prezidenti saratonga chalingani haqidagi mish-mishlarni uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 1 aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda rad etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning yo‘g‘on ichagini shoshilinch operatsiya qilish kerak — Daily Star