17:17 / 12.12.2022
3 463

Chexiya prezidenti Putin borasida adashganini tan oldi

Chexiya prezidenti Putin borasida adashganini tan oldi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman mamlakat hukumati tomonidan Ukrainaga taqdim etilayotgan ko‘makni qo‘llab-quvvatladi va uning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi fikri boshida xato bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Radio CZ xabar bermoqda.

«Meni ba’zilar Rossiya agenti deb atasa-da, mening fikrimcha, biz [Ukraina bilan] birdam bo‘lishimiz kerak… Men unda [Putinda] o‘z mamlakati manfaatlari uchun tashvish chekuvchi siyosatchini ko‘rardim. Lekin agressiya Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga zid edi», — dedi Zeman.

Ukrainada Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanishidan avvalroq Zeman Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish tarafdori bo‘lgan va G‘arbning sanksiyaviy siyosatini tanqid qilgan yevropalik siyosatchilardan biri edi.

2017 yilda ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida Chexiya prezidenti uzoq vaqt davomida Rossiyani Chexiya pishlog‘i va yogurtidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarga qarshi bo‘lganini ta’kidlagandi.

Shunga qaramay, 24 fevraldayoq Zeman birinchilardan bo‘lib Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi. Martda esa u Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni Chexiya oliy davlat mukofoti — Oq sher ordeni bilan taqdirladi.

Oktabrda Chexiya prezidenti Yevroittifoqni Ukrainada yadro quroli qo‘llanilgan taqdirda, harbiy javob ko‘rsatishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning taktik yadro quroli qo‘llash haqidagi tahdidlari» tufayli, yadroviy nizo xavfi oshib ketgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo