23:00 / 12.12.2022
2 414

Xitoy va Hindiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Xitoy va Hindiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Foto: Representational
Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasida 9 dekabr kuni Arunachal Pradesh shtatining Tavang sektorida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida 9 kishi yaralangan. Tavang sektorida Xitoy qo‘shinlari demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan, shundan so‘ng hind qo‘shinlari qat’iy qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu to‘qnashuv natijasida ikkala tomondan bir nechta odam yengil jarohatlangan. Har ikki tomon ham darhol hududdan chekingan.

Hindistonning hududdagi qo‘mondoni xitoylik hamkasbi bilan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha tuzilgan mexanizmlarga muvofiq muammoni hal qilish uchun yig‘ilish o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil oktabr oyida Hindiston va Xitoy chegarachilari o‘rtasida Tavang hududida mushtalashuv yuz bergandi. Voqea Hindiston va Xitoy bo‘linma qo‘mondonlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng to‘xtagan. Ikkala tomon chegarachilaridan hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Hindiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi