08:20 / 13.12.2022
1 503

Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha qo‘shin yuborishi mumkin — OAV

Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha qo‘shin yuborishi mumkin — OAV
Foto: Reuters
Bayden ma’muriyati AQSHning Ukrainadagi qurollarini nazorat qilish uchun qo‘shimcha qo‘shinlar yubormoqchi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

AQSHning uch nafar yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, Pentagon Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishini kuzatish, jumladan, qo‘shimcha AQSH qo‘shinlarini yuborish masalasini muhokama qilmoqchi. Muhokama Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining bir yilligi yaqinlashayotgan bir paytda bo‘lib o‘tmoqda.

Respublikachilar palatasidagi ko‘pchilik Amerika qurollari qanday taqsimlangani va qo‘llanilayotgani uchun javobgarlikni talab qilishi mumkin. Ba’zi qonun chiqaruvchilar esa iqtisodiy hamda harbiy yordamni blokirovka qilishga yoki AQSH qo‘shinlarining mavjudligini cheklashga urinishi mumkinligi prognoz qilingan.

Pentagonning Ukrainada o‘nlab amerikalik qo‘shinlari bor, ular qurol-yarog‘lar manziliga yetib borishini kuzatishga mas’ul. Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va boshqa harbiy rahbarlar javobgarlik missiyasini kuchaytirmoqchi.

Ukrainadagi missiyaga tayinlangan AQSH qo‘shinlari hozirga qadar Kiyev tashqarisidagi ikkita joyga tashrif buyurib, AQSH ta’minotini kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Amerika qo‘shinlari front chizig‘iga bormasa-da, yuklarni kuzatish, qurol hamda jihozlardagi shtrix-kodlarni skanerlash uchun Kiyevdan tashqariga boradi. Pentagon va harbiy rahbarlar ularning sonini oshirishga harakat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha qo‘shin yuborishi mumkin — OAV