15:19 / 13.12.2022
929

Ukrainada 500 mingga yaqin xavfli buyumlar minalardan tozalandi

Ukrainada 500 mingga yaqin xavfli buyumlar minalardan tozalandi
Foto: Reuters
Ukrainada urush boshlanganidan beri 500 mingga yaqin portlovchi buyumlar minalardan tozalandi. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida aytdi.

24 fevraldan beri Ukrainada faqat favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari tomonidan 300 mingdan ortiq, Milliy politsiyaning portlovchi moddalar bo‘yicha ekspertlari tomonidan esa 180 mingdan ortiq shunday buyumlar musodara qilindi, dedi davlat rahbari.

Minalardan tozalash boshqa davlat xizmatlari va armiya tomonidan ham amalga oshirilmoqda, dedi prezident.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik hamkorlar Ukrainaga «Rossiya mina terrori»ga qarshi kurashda yordam bermoqda.

Avvalroq Xerson viloyatini minalardan tozalash jarayonida to‘rt nafar ukrainalik politsiyachi halok bo‘lgandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar berdi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Rossiyaning Donetsk viloyati Kuraxovo shahriga bergan zarbasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bozor, elevator, yonilg‘i quyish shoxobchasi, avtovokzal va turar joy binosi o‘qqa tutilgan. 10 kishi halok bo‘ldi.

Ukrainaning energiya ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni izohlar ekan, Zelenskiy hozirda mamlakat energetika tizimlarini 100 foizga tiklash imkonsizligidan ogohlantirdi.

«Vaqt kerak. Shu bois aksariyat shahar va tumanlarda elektr energiyasini o‘chirish jadvali saqlanib qolgan», - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada 500 mingga yaqin xavfli buyumlar minalardan tozalandi